35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Tibbiyot muassasasida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan 11-sonli oilaviy poliklinikaning “Barraj” mahallasida joylashgan filialida tibbiy xizmat sifati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida poliklinika filialining kundalik faoliyati, aholini qabul qilish tartibi, navbatlarni tashkil etish, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifati, diagnostika va davolash jarayonlari, dori vositalari bilan ta’minlanganlik hamda tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputat tibbiyot muassasasi rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, aholiga sifatli, tezkor va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, profilaktik tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida tashkil etish, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam nazorat qilish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2