35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

📋 Majlis kun tartibiga muvofiq, Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari E. Musayevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

📊 Hisobot davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, hududlarda yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

💬 Komissiya a'zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, mavjud masalalar muhokama qilindi hamda loyihaning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅ Majlis yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 5