35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari N. Fatullayeva, I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodovlar hamkorligida "Zarafshon" mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida mahallada mavjud kriminogen vaziyat tahlil qilinib, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish va jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🌏Deputatlar tomonidan hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5