35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT XONADONMA-XONADON YURIB FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova o‘z saylov okrugidagi Oltinko‘l mahallasida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan bevosita uchrashdi.

Uchrashuvlar davomida aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy masalalar hamda mahallani obodonlashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4