Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi S.Nazarov ishtirokida nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
💬Mas'ullar dastlab mahalla ko‘chalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining holati bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, hududda yashovchi fuqarolar bilan samimiy suhbatlashib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolarni tingladilar.
💬Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri — elektr energiyasi ta’minotidagi tez-tez uchraydigan uzilishlar bo‘ldi. Yozning issiq kunlarida elektr ta’minotidagi beqarorlik va kuchlanishning (tokning) o‘ynashi aholi turmushiga, uy-ro‘zg‘or texnikalarining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
💬Aholi tomonidan bildirilgan ushbu jiddiy muammoga tezkor yechim topish maqsadida mahalladagi transformator punktining bugungi kundagi texnik holati va yuklama quvvati bevosita joyida ko‘zdan kechirildi.
💬“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida aniqlangan barcha kamchiliklar va aholi tomonidan bildirilgan muammolar deputat D.Toshboyevaning shaxsiy murojaat daftariga batafsil qayd etildi.
🫥Elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlaridagi kamchiliklarni to‘g‘irlash yuzasidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi va obodonlashtirishga mas’ul mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.