35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I.Izzatulloyev bilan birgalikda tumanning “Sari-Qangli” mahallasida faoliyat yuritayotgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasi, binolarning texnik holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning asosiy va yordamchi binolari, guruh xonalari, yotoqxonalar, ovqatlanish bloki, sanitariya-gigiyena xonalari, isitish va elektr ta’minoti tizimlari, shuningdek, bolalarning xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Ayrim xonalarning ichki devor va shift qismlarida yemirilishlar mavjudligi, pol qoplamalari eskirgani, eshik va derazalarning ta’mirtalab holatga kelgani, muhandislik kommunikatsiyalarini yangilash zarurati mavjudligi qayd etildi.

Muassasa rahbariyati bilan bo‘lgan muloqot davomida binolarning uzoq yillardan buyon kapital ta’mirlanmagani, tarbiyalanuvchilar sonining ortib borayotgani hamda mavjud infratuzilma bugungi talablarga to‘liq javob bermasligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan muassasaning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy ta’lim-tarbiya muhitini yaratish maqsadida binolarni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish yoki yangi talablarga mos holda qayta qurish masalasini ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.

Slide 1 of 7