35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Deputatlik so‘rovi yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasiga rasmiy javob taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasiga rasmiy javob taqdim etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani Komil Yashin, Bog‘ibog‘iston hamda Shota Rustaveli ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javob xatida deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilgani ma’lum qilingan.

🔎 O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan ko‘tarilgan Komil Yashin ko‘chasiga sun’iy notekislik (tezlikni pasaytiruvchi vosita) o‘rnatish masalasi amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori talablariga muvofiq avtomobil yo‘llarida belgilangan tartibdan tashqari sun’iy to‘siqlar va notekisliklarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek bunday tashabbuslarni amalga oshirish Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakolatiga kirmasligi qayd etilgan.

🚦 Shuningdek, rasmiy javobda Yakkasaroy tumani Komil Yashin va Bog‘ibog‘iston ko‘chalari chorrahasida transport harakatini tartibga soluvchi svetofor qurilmasi mavjudligi ham ma’lum qilingan.

📝 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan taqdim etilgan javobda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tushuntirishlar berilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud infratuzilma holati yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova mazkur masala yuzasidan kelgusida ham aholi murojaatlari ijrosi hamda hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib boriladigan ishlarni deputatlik nazoratida davom ettiradi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1