Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputatlik_faoliyati
#Deputatlik_faoliyati
#Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati
Uch mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildiXalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Churataevna aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati va bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o`rganish olib bordi.

O‘rganish davomida ushbu tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan sharoitlar, shifokorlar malakasi, navbatlar holati, bepul beriladigan dori-darmonlar va ularning saqlanish sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek deputat tashabbusi bilan Nurafshon shahridagi Degantepa, Ma'rifat hamda Dehqonobod mahallalari aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🔴Tibbiy ko‘rik davomida umumiy amaliyot shifokori, jarroh, oftalmolog, nevropatolog, ginekolog, urolog, otorinolaringolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari tomonidan fuqarolar salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, laborator va instrumental tekshiruvlar, elektrokardiografiya (EKG) hamda ultratovush tekshiruvi (UTT) xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilib, aholiga sifatli va kompleks tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

❗️Tibbiy ko‘rik yakunlariga ko‘ra, jami 113 nafar fuqaro dispanser nazoratiga olindi. Shundan 91 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatlik holati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda zarur hollarda davolanish va qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘naltirildi.
Slide 1 of 4