Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugidagi G‘oyibon mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.