Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

Xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K. Abdullayeva Orol MFY hududida bo‘lib, xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4