Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qaror ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2026-yil 18-maydagi VII-27-75-3-52-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputat Z.Shodmonov tomonidan o‘rganildi.

Mazkur qarorga muvofiq "Bog‘ishamol" mahallasining Qoramirzo qishlog‘ida 8 kilometr uzunlikdagi oqar suv tarmog‘ini tortish ishlari boshlangan.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tomonidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganilib, suv tarmog‘ini tortish ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar bilan suhbat o‘tkazilib, ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatini ta’minlash hamda aholini oqar suv bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur qaror ijrosi Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 5