Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Dolzarb 90 kun – 90 imkoniyat

Dolzarb 90 kun – 90 imkoniyat

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O.Artiqova "Dolzarb 90 kun – 90 imkoniyat" loyihasi doirasida Qadriyat mahallasidagi 18-maktabda tashkil etilgan tadbirda faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tadbir davlatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda mahallalarda ijtimoiy-siyosiy faollikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.                                                                           

Slide 1 of 1