Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

️ Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “3-Charag‘on” saylov okrugi deputati M.Zaripova, tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Nasriddinov hamda tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-, 34- va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil tadbirlari davomida hududdagi 3-son va 16-son maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganildi. Xususan, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oshxona faoliyatining amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida yo‘lga qo‘yilganligi yuzasidan tahlillar olib borildi.
Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini hamda imtiyozli va maxsus kontingent toifasiga kiruvchi bolalarni belgilangan tartibda yo‘llanmalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish holati o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishda yuritilayotgan hujjatlar, qabul jarayonining shaffofligi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish hamda ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 
Slide 1 of 6