Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri H. Amanbayeva hamda tuman Maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i
D. Taniqulova ishtirokida "Bog‘iston" mahallasida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida ta'lim muassasasining sinf xonalari, fan kabinetlari, ma'naviyat va ma'rifat burchaklari, to‘garaklar faoliyatining tashkil etilishi, maktab hududining obodonlashtirilganligi, sanitariya-gigiyena holati, chiqindilarni belgilangan tartibda saqlash va olib chiqish tizimi hamda atrof-muhitning tozaligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔹 Maktab hududni obodonlashtirish va sanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.