Deputat tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shahnosa Azamatovna tashabbusi asosida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, mavjud muammo o‘z yechimini topdi.
Navoiy shahridagi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Shodlik” ko‘chasi 2-uy orqa va oldi qismlarida uzoq vaqtdan buyon daraxtlarni sug‘orish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli hududda noqulayliklar yuzaga kelgan edi.
Mazkur holat deputat tashabbusi asosida tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida bartaraf etildi. Hududdagi daraxtlar sug‘orilib, ularning holatini yaxshilash va yashil maydonlarni asrab-avaylash bo‘yicha zarur ishlar bajarildi.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida hududning ekologik holati yaxshilandi, aholiga qulay va sog‘lom muhit yaratildi. Deputatlik tashabbuslari doirasida bunday ishlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.