Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova O‘rikzor mahallasida sessiyada ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Deputat tashrifi davomida 4-sonli umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" amaliy tadbirlar dasturining ijrosi, belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi hamda yoshlarning mazmunli dam olishini ta’minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish yakunida dastur ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✨ Yoshlar kelajagiga qaratilgan har bir tashabbus — taraqqiyot sari muhim qadam!