Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi. Tashrif davomida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisining faoliyati yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.