Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Hudud obodligi yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
162 ta Qonun ijrosi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasiga olib kelingan yangi beton ustunlarning sifati, texnik holati va talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan yoshlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Aholi manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!
янв.21
Baxmal tuman Kengashi kotibiyati: Yangi haftada yangi vazifalar
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining joriy haftadagi ish rejasi belgilab olindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
#24_ta_masala
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 6-iyul, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo'lat Matibeyev 8-Fayziobod okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: M.Yusubov

🗓 7-iyul, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev 3-Shahriobod okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 8-iyul, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumanidagi mahallalar hududlarida o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul:S. Irgashev

🗓 9-iyul, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Mirzo Ulug'bek tumanidagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Shuningdek 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 10-iyul, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1