TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati M.Toshmurodov tomonidan xonadonlarga borib, fuqarolar bilan yer va tomorqa yerlaridan foydalanish hamda sug‘orish suvi bilan ta’minlash masalalari yuzasidan joyida o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish jarayonida tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha fuqarolarga amaliy tushuntirishlar berildi.
💧 Shuningdek, tomorqa yerlarini sug‘orish uchun ajratilayotgan suv ta’minoti holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
🏠 Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot davomida yer unumdorligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.