Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlar manfaatlari yo‘lidagi ishlar – deputat nazoratida
янв.21
Baxmal tuman Kengashi kotibiyati
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Deputatlar nazorati
янв.21
📊 „G‘allakon“ MFYda mahalla yettiligining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
🏛 Deputatlar va saylovchilar muloqoti — aholi manfaatlari e’tibor markazida
янв.21
🔹 Deputat nazorati:
янв.21
⚡️ G‘alla maydonlarini yoqish holatlarining oldini olish bo‘yicha Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
🌾 G‘alla maydonlarida somon va o‘simlik qoldiqlarini yoqish holatlariga chek qo‘yiladi
янв.21
🏛 Deputatlar hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Madaniyat sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-sonli “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i N.Ermatov ishtirok etib, mazkur Qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish, madaniyat muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘rganish davomida Qonun ijrosini ta’minlash doirasida madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlar va san’atga keng jalb etish, madaniyat sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniyat muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2