Yangiliklar

MAHALLADAGI ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Valiyeva tomonidan hurriyat -1 mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar atroflicha tahlil qilindi. Aniqlanishicha, mahallaning ayrim ko‘chalarida istiqomat qilayotgan fuqarolar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanmaganligi sababli toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.

Slide 1 of 4