Yangiliklar

GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 16-Go‘rmiron saylov okrugidan saylangan deputat D.Valiyeva hamda tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Temirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida sessiya oldi muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Muhokama davomida Kosonsoy tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, aholi punktlari, ko‘chalar, maydonlar hamda boshqa geografik obyektlarga nom berish va mavjud nomlarni qonunchilik talablari asosida tartibga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4