Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Samandarova ishtirokida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi o‘rinbosari A.Qilichov bilan ishchi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Samandarova ishtirokida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi o‘rinbosari A.Qilichov bilan ishchi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

📎 Yig‘ilish davomida mazkur Farmonda belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, sohada ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek belgilangan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, tizimda korrupsion omillarni oldini olish, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 1