Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tumanning “Boyterak” mahallasidagi hokim yordamchisi Sh.Mamirov tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi mehnatga layoqatli, ishsiz fuqarolarning elektron ro‘yxati, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va imtiyozli kreditlar hamda davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, hokim yordamchisi bilan suhbat davomida har bir xonadonning bandlik holatini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, tomorqadan samarali foydalanish orqali daromad manbalarini ko‘paytirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🔺O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2