Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Amir Abralovich Azimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahridagi Istiqlol mahallasi hokim yordamchisi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi bilan o‘tkazilgan muloqotda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4