Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Istiqlol mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Istiqlol mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Amir Abralovich Azimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahridagi Istiqlol mahallasi profilaktika inspektori faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektori tomonidan hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla yettiligi hamda mas’ul xodimlar ishtirokida muloqot o‘tkazilib, hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish hamda fuqarolar bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi uchun xavfsiz muhitni yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4