Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.

  Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H.Pardayev hamrohligida mahalladagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi.

️ O‘rganish davomida "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati atroflicha tahlil qilindi.

️ O‘rganish jarayonida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi hamda nafaqa va moddiy yordamlarning amaldagi tartiblar asosida tayinlanishi yuzasidan tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

🔸Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

🔸 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda bu boradagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3