Mazkur tadbir “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qarori hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi — nuroniylarning mahallalardagi ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasida ularning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish, oilalar barqarorligini mustahkamlash hamda mahalla osoyishtaligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
🔹 “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida yoshlar bilan ishlash;
🔹 nuroniylarni ta’lim muassasalariga biriktirish;
🔹 oilaviy ajrimlar, erta nikoh va huquqbuzarliklarning oldini olish;
🔹 kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash;
🔹 mahalla hududlarini obodonlashtirish va ijtimoiy muhitni yaxshilash.
Tadbir davomida faol nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida mahalla, ta’lim muassasalari, deputatlar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
✅ Nuroniylarning boy tajribasi mahalla obodligi, oilalar barqarorligi va yoshlar tarbiyasida muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.