#Ish_reja_ijrosi
Kengash kotibiyatida ish kuni muhim vazifalar ijrosi tahlili va rejalashtirish bilan boshlandi
Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov boshchiligida kotibiyat bosh mutaxassislari A.Sadullayev, S.Primovlar ishtirokida kunlik ish rejasini belgilash va muhim vazifalar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalar:
Kunlik vazifalar taqsimoti: Bosh mutaxassislar o‘rtasida kun davomida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar rejalashtirilib, mas’ullar belgilandi.
Qarorlar tahlili: Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar va farmoyishlarning mazmun-mohiyati hamda ularning ijro holati chuqur tahlil qilindi.
Nazoratni kuchaytirish: Kengash qarorlarining joylardagi ijrosi samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.