Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.

Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ra'no Astonaqulova hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulovlar birgalikda 7-Yangiobod saylov okrugida bo‘lib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida barpo etilayotgan o‘quv markazi qurilish ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida obyekt qurilishining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.Qayd etilganidek, mazkur o‘quv markazi aholini kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish, bandlikni ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa hududda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda masala doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1