Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:

📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan saylovchilar bilan individual uchrashuv o‘tkazildi.

📣QONUNLAR MAZMUN-MOHIYATI AHOLIGA YETKAZILMOQDA

🏛 Sherobod tumanida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

📝 Majlis davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

📊 Xususan, yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport musobaqalari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil 1-choragidagi ijrosi yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📌 Yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.

💧 Saylovchilar murojaatlari va mavjud muammolar o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida saylovchilarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🏗 Qurilish ishlari sifat va muddat nazoratida

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi M. Madarqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Gurjak-1” mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlari o‘rganildi.

🏛 Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan “Cho‘mishli” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputati va kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🏫 DEPUTATLIK NAZORATI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Qorabog‘” mahallasi, Maydon qishlog‘ida joylashgan 34-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot – fuqarolar manfaatlari yo‘lida

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Uch yog‘och” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Slide 1 of 1