Markaziy dehqon bozorida tuman aholisi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yarmarka orqali aholiga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy iste’mol tovarlari barqaror va hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, bozorlarda narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish, mahsulotlar zaxirasini ko‘paytirish hamda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.