YOSHLAR MASLAHAT GURUHI MAHALLADA: YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan 4-Mehnat saylov okrugi hududidagi mahallada yoshlar bilan qizg‘in va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda 4-Mehnat saylov okrugi deputati ham ishtirok etib, yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan dolzarb muammolar, ularning takliflari va yangi tashabbuslari batafsil tinglanib, atroflicha fikr-mulohazalar almashildi.
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tengdoshlarining bilim va salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli tashkil etish hamda hayotda o‘z yo‘llarini topishlari bo‘yicha muhim tavsiya hamda hayotiy maslahatlarini berdilar. Kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar belgilab olindi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani mustahkamlash, ularning dardu quvonchiga sherik bo‘lish hamda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada yuksaltirishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda.