Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLIY KENGASH DEPUTATINING OKRUGIDAGI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamda bosh mutaxassis T.Gulmatovlar Kengash deputati Sh.Boboqulovaning saylov okrugiga qarashli “Qarsoqli” mahallasida bo‘ldilar.
Deputat Sh.Boboqulovaning mahalla bilan yo‘lga qo‘ygan amaliy hamkorlik aloqalari, fuqarolar murojaatlarini hamkorlikda hal etish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida  Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan,  21-yo‘nalish doirasida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha ichki ishlar organlari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.
O‘rganish davomida mahalla raisi, profilaktika inspektori va boshqa mas’ul xodimlarning hisobot va ma’lumotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mahalla ma’sullariga bilan suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3