Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va shifokor
янв.21
Dasturlar — deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari va hokimlik vakillari aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar muloqoti:
янв.21
SESSIYA
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyani xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich olib bordi.

Kun tartibiga kiritilgan tuman ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid 9 ta muhim masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan qator savollar berildi, taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar davomida deputatlarning sessiya materiallarini puxta o‘rganib, har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashayotgani, nazorat va tahlilga asoslangan fikr-mulohazalar bildirgani alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Bu esa mahalliy vakillik organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillari izchil qaror topayotganining amaliy ifodasidir.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, sessiya jarayonlari
“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etildi.

Slide 1 of 9