Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

2026-yil 17-iyun kuni Andijon shahar hokimligi tasarrufidagi oilaviy yotoqxonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Andijon shahar “Bunyodkor” MFY hududida joylashgan 39-A-sonli oilaviy yotoqxona o‘rganilganda, yotoqxonaning yerto‘la qismida oqova va suv tarmoqlaridagi nosozliklar sababli oqova suvlari to‘planib qolayotgani aniqlandi.

Mazkur holat natijasida turli xil kasalliklarning kelib chiqish xavfi yuzaga kelishi, noxush hidlarning tarqalishi hamda yozgi issiq kunlarda fuqarolarning toza havodan bahramand bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur oilaviy yotoqxonaning yerto‘la qismida dezinfeksiya ishlarini tashkil etish hamda amalga oshirish bo‘yicha Andijon shahar SEO va JSHXga deputat so‘rovi yuborildi.

Fuqarolarning murojaatlari doimiy e'tiborda. 

Slide 1 of 2