Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “Mormin” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida muassasada bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti hamda moddiy-texnik baza holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash📸Instagram ▶️YouTube

Slide 1 of 3