Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Kun tartibidan joy olgan masalalar:

🔺Dastlab deputatlar tomonidan kun tartibidagi Toshkent shahar aholisining turmush sharoitini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirish shuningdek, aholi bandligini ta’minlash choralarining ijrosi, Toshkent shahrida 2025-yilning 2-bosqichidagi drayver loyihalari uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘dan iqtisod qilingan qismini 2025-yilning qolgan drayver loyihalariga ro‘yxat asosida qayta taqsimlanishini tasdiqlash hamda Toshkent shahar mahalliy budjetining 2025-yilgi hamda 2026-yilning I chorak ijrosi kabi masalalar yuzasidan Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovichning hisobotlarini tingladi.

🔺 Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasining 2026-yil 8-maydagi 02-139-sonli bilan Toshkent shahar mahalliy budjetining 2025-yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazildi va xulosa berildi va Toshkent shahar mahalliy budjetining 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tashqi audit va baholash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining Toshkent shahri bo‘yicha vakili Umar Ibragimov Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining 24-sessiyasida hisobot berib o‘tdi.

🔺 Toshkent shahrida avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Baxtiyev Abdurahmon Abdurashidovich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Toshkent shahrida festivallar, tomosha-konsert va yirik ommaviy tadbirlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Allonov Abdullayevich o‘z hisobotini sessiya qatnashchilariga taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahridagi kanallar atrofini obodonlashtirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Xo'jabekov Muxiddin deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 Yangihayot tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Dusmuhamedov Alisher Ismatillayevich deputatlarga ma’ruza qildi.

🔺 Sergeli tumanida joylashgan 46-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i – Mirzayev Bobur Maxirdjanovich deputatlarga hisobot berdi.

🔺Sergeli tumani “Alisher Navoiy” MFY hududida yangi barpo etilgan umumta’lim maktabini tashkil etish hamda Yashnobod tumani “Bog‘bon” MFY hududida yangi barpo etilgan umumta’lim maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. - Raximjonov Jamshid Rafikovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Sodikov Ulugbek Igamberdiyevich hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherali Pirmatovlar deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Moviy gumbazlar xiyoboni hududidagi 1 tup 350 yoshli oq tut daraxti (Morus alba)ni davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilish to‘g‘risida Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i - Rasulov Akmal Asqarovich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish to‘g‘risida “Toshkent invest kompaniya” AJ boshqaruv raisi - Shakirov Bahrom Askaraliyevich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Muminov Obidjon Odilovich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺Toshkent shahrida gastronomik va turizm ko‘chalaridagi tutash hamda umumiy foydalanish hududlarida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini joylashtirish, ushbu ko‘chalarda mavsumiy tadbirlar tashkil etilishi munosabati bilan ko‘chma qurilmalarni (bir martalik) joylashtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi talabgor (tashabbuskor)larni tanlab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Tutash hududlardan samarali foydalanish direktsiyasi”MChJ direktori – Ortiqboyev Otabek o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

⏺️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube 

Slide 1 of 10