Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 5-“Yoshlar” saylov okrugidan saylangan deputati M.Xudoyberdiyeva tomonidan “Do‘stlik” MFY yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbus va loyihalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Yoshlar manfaatlarini ta’minlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3