Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholini qiynayotgan kommunal muammolarni hal etish мақсадида "Deputatlik nazorati" mexanizmlaridan samarali foydalanilmoqda.
янв.21
sessiya
янв.21
sessiya
янв.21
yoshlar maslahat guruhi faoliyati to'g'risida
янв.21
🚦 Deputat tashabbusi: “Fidokor” MFY yo‘llari xavfsiz hududga aylantirilmoqda
янв.21
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
Qizil hududdagi kriminogen vaziyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar izchil o‘rganilmoqda.

📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari qizil toifaga kiritilgan “Jayxun” MFY hududida tashkil etildi.

👮‍♂️ Mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning sabab va omillarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqilgan ish rejalari hamda profilaktik chora-tadbirlar taqdim etildi.

🎥 Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati va samaradorligi o‘rganildi.

📋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi doirasida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holatni yanada yaxshilash hamda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2