Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholini qiynayotgan kommunal muammolarni hal etish мақсадида "Deputatlik nazorati" mexanizmlaridan samarali foydalanilmoqda.
янв.21
sessiya
янв.21
sessiya
янв.21
yoshlar maslahat guruhi faoliyati to'g'risida
янв.21
🚦 Deputat tashabbusi: “Fidokor” MFY yo‘llari xavfsiz hududga aylantirilmoqda
янв.21
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa qizil va sariq toifaga kiritilgan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

📍 O‘rganish ishlari dastlab sariq hudud sifatida belgilangan “Xalqlar do‘stligi” MFYdan boshlandi.

👮‍♂️ Mahalla profilaktika inspektori tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.

🎥 Xususan, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati, ishlash samaradorligi va qamrov darajasi o‘rganildi.

🤝 O‘rganish davomida jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2