Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholini qiynayotgan kommunal muammolarni hal etish мақсадида "Deputatlik nazorati" mexanizmlaridan samarali foydalanilmoqda.
янв.21
sessiya
янв.21
sessiya
янв.21
yoshlar maslahat guruhi faoliyati to'g'risida
янв.21
🚦 Deputat tashabbusi: “Fidokor” MFY yo‘llari xavfsiz hududga aylantirilmoqda
янв.21
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
Mahalliy Kengashlar faoliyati ko‘rib chiqildi.

Mahalliy Kengashlar faoliyati  ko‘rib chiqildi.

Bugun mahalliy vakillik organlari faoliyatining 2026 yilning dastlabki 5 oyi yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududiy Kengashlarning faoliyati atroflicha tahlil qilinib, deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida erishilgan natijalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy baholanib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Muhokamalar yakunida mahalliy Kengashlar oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, deputatlarning faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni kengaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Aholi muammolariga yechim topish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash mahalliy Kengashlar faoliyatining bosh mezoni bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6