📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar ishtirokida "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko'p qavatli uylarning holati o'rganildi.
🖇O‘rganish jarayonida yerto‘lalarning sanitariya-gigiyena holati, muhandislik kommunikatsiyalari, jumladan, suv va kanalizatsiya tizimlarining ishlash darajasi, shuningdek, yerto‘lalardan maqsadli foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🖋O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yerto‘lalarni tartibga keltirish hamda ularning doimiy nazoratini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshov
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube