Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Yarashov Muxiddin Otaxonovich mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o‘rganildi. Shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan ham monitoring olib borildi.

Deputat mahalladagi ijtimoiy xodim Malohat Kalandarovaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlarning amaldagi holatini ko‘zdan kechirdi.