Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Do‘stlik va Samarqand mahallasida joylashgan bolalar o‘yingohlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida o‘yingohlardagi mavjud kamchiliklar, jihozlarning texnik holati, xavfsizlik talablari va hududning obodonlashtirilganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘yingohlarni tartibga keltirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar nazoratga olindi.