Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada o'rganish ishlari olib borildi

Mahallada o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Normo'minov "Yangi hayot" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat mahalladagi 14-sonli umumta'lim maktabida o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda yoshlar ta'lim-tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, maktab va ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Ch_Normominov

Slide 1 of 3