Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘ziga biriktirilgan deputat N. Alimov hududidagi “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, fuqarolar farovonligini oshirish hamda mahalla tizimi orqali olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda hududni rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#N_Alimov #J_Donayev

Slide 1 of 3