Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kelajak bunyodkorlariga oq yo‘l: Tuman Kengashi raisi bitiruvchilar tadbirida ishtirok etdi

Kelajak bunyodkorlariga oq yo‘l: Tuman Kengashi raisi bitiruvchilar tadbirida ishtirok etdi

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Uzun tumanidagi umumta’lim maktablarida ham 2025/2026-o‘quv yilining yakunlanishi va "Qadrdon maktabimga va’dam va qasdim!" shiori ostidagi bitiruv tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

Shunday unutilmas va hayajonli tadbirlardan biri tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni, ularning ustozlari va ota-onalarini hayotning yangi, mustaqil bosqichiga qadam qo‘yayotganliklari bilan samimiy muborakbod etdi.