Deputat va nuroniylar uchrashuvi: Qonun ustuvorligi va jamiyat ravnaqi diqqat markazida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova tuman Nuroniylar jamg‘armasida nuroniylar, mahalla faollari va faxriylar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat davomida mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi Prezident qonunlari va farmonlari, shuningdek, Oliy Majlis Senati qarorlarining mazmun-mohiyati, ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati keng tushuntirildi.
Deputat yurtimizdagi islohotlarni xalqqa yetkazishda hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniylarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, otaxon va onaxonlar ham tuman rivoji yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.