Yangiliklar

🌟 Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi🌟
Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi🌟

🎉 👧🏻👦🏻 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Abdukayumov Abdumannop Abdumadjitovich tashabbusi bilan Pediatriya markazida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda volontyorlar ham faol ishtirok etib, bolajonlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

🏥 Pediatriya markazining barcha bo‘limlarida davolanayotgan bolalarga mehr, e’tibor va iliqlik baxsh etildi. Shuningdek, har bir bemor bolajon uchun maxsus sovg‘alar topshirildi. Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik kichkintoylarimizning kayfiyatini ko‘tarib, ularning tezroq sog‘ayib ketishlariga oz bo‘lsa-da ijobiy turtki bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️Deputat o‘z tabrigida:

“Aziz bolajonlar! Sizlar yurtimizning eng katta boyligi va kelajagisiz. Har biringizning sog‘lom, bilimli va baxtli bo‘lib ulg‘ayishingiz barchamizning ezgu maqsadimizdir. Bayramingiz muborak bo‘lsin!” deya samimiy tilaklarini bildirdi.

🌈 Bayram davomida bolalarning yuzlaridagi quvonch va tabassum barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Zero bolajonlarimizning sog‘lom va baxtli bo‘lib ulg‘ayishlari barchamizning eng ezgu tilagimizdir.

🎊 Tadbir yakunida quvnoq oʻyinlar va kuy-qoʻshiqlar ostida oʻtgan tantanalarda barcha bolajonlarga quvonch ulashilib, bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Slide 1 of 13